2018 yilning 12 dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pölatov boşçiligidagi delegatsiya Afğoniston Islom Respublikasi Balx viloyati gubernatori Muhammad Işoq Raxguzarning taklifiga köra Afğonistonning çegaradoş Hayraton şahriga döstlik taşrifi bilan bordi.

Özbekistonning Afğonistondagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi daryo porti, Hayraton şahrining 2- va 3-raqamli quruqlik portlari, şu nomdagi temir yöl stansiyasi, şuningdek «Hayraton terminal servis» neftni qayta işlaş zavodi faoliyati va texnik imkoniyatlari bilan tanişdi.

Balx viloyati gubernatori mehmonlarni qutlar ekan, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Afğonistonga körsatilayotgan kömak va xalqaro hamjamiyatda köp yillik afğon muammosini yeçiş borasida qilayotgan sa'y-harakatlari uçun alohida minnatdorçilik izhor etdi.

Uning sözlariga köra, sönggi yillarda, ayniqsa Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğanining 2017 yil dekabr oyidagi Toşkentga taşrifi va oliy darajadagi qator boşqa uçraşuvlardan keyin ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar sezilarli kengaymoqda, Özbekiston Afğoniston iqtisodiyotini tiklaşda faol iştirok etmoqda.

Balx viloyatida özbek mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan «Hayraton – Mozori-Şarif» temir yöli mana bir neça yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat körsatmoqda hamda u köp jihatdan iqtisodiyot va savdoning rivojlanişiga, şuningdek mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy obektlarning qad kötarişiga xizmat qilmoqda.

Afğoniston rahbariyati tomonidan biznes-tuzilmalarga savdo-iqtisodiy munosabatlarning asosiy tarmoqlarini janubiy yönalişidan şimoliyga diversifikatsiya qilişni tavsiya qilinganini gubernator qayd etdi. Bu ikki tomonlama savdoning sezilarli darajada faollaşişiga zamin yaratdi.

Özbekiston elçisi Yodgorxöja Şodmonov siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi rivojlanayotgan Özbekiston – Afğoniston aloqalari töğrisida töxtalib ötdi.

Surxondaryo viloyati hokimi mazkur uçraşuvdan maqsad töğridan-töğri mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaş, yangi savdo şeriklarini izlaş, Özbekiston va Afğonistondagi biznes va investitsion imkoniyatlar haqida fikr almaşiş ekanligini e'tirof etdi.

Hozirgi paytda Surxondaryo viloyatida afğon biznesmenlari iştirokidagi 90 dan ortiq firmalar röyxatdan ötkazilgan va turli sohalarda faoliyat körsatmoqda. Ikki davlat işbilarmon doiralari hamkorlik hajmlarini yanada oşirişga tayyor.