Bugun, 15 dekabr kuni soat taxminan 13:30-14:00lar atrofida Toşkent şahrining K.Yormatov köçasida kutilmagan hodisa yuz bergan. Çilonzor tumani hududidan oqib ötgan Oqtepa kanali böyida 3-4 nafar şaxs qölida noma'lum qurol - miltiq bilan yurganligi aniqlangan.

Mover'da köriş

Youtube'da köriş

 

Uşbu şaxslardan biri Kun.uz naşri xodimining nega miltiq bilan yurişganligi haqidagi söroviga kanaldagi ördaklarni ovlayotganligini aytgan.

Şu örinda haqli savol tuğiladi. Uşbu şaxslarning şahar markazida, aholi gavjum va transport vositalari serqatnov bölgan hududda miltiq bilan ov qilişi mumkinmi?

Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining buyruği bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 02.05.2006 yilda 1569-son bilan röyxatga olingan “Özbekiston Respublikasi hududida ov qiliş va baliq tutiş qoidalari”ga köra, şaharlar va şahar tipidagi posyolkalardan 1 km.dan yaqin masofada, boşqa aholi punktlaridan 300 m yaqinda, avtobus qatnoviga ega yöllardan 150 m yaqin masofada ov qiliş taqiqlanadi.

Mazkur qoidalarga muvofiq, qurollardan tegişli ruxsatsiz ov qiliş ma'n etilgan.

Uşbu “ovçilar”ning qurol yordamida ov qiliş uçun tegişli ruxsatnomaga ega yoki ega emasligi bizga qoronğu. Biroq, ularning Toşkent şahrining qoq markazida, aholi yaşaş joyiga juda yaqin masofada, bundan taşqari, avtomobil yölining yonginasida qurol bilan ov qilişi yuqorida qayd etilgan qoidalarga qay darajada muvofiqlik nuqtai nazaridan vakolatli organlar tomonidan örganilsa maqsadga muvofiq bölar edi.

P/S: Kun.uz tahririyati uşbu fuqarolarning şaxsi, quroldan foydalanişga ruxsatnomasi bor yoki yöqligi, şuningdek, qurolning rusumi böyiça ma'lumotlarga ega emas.