Rossiyaning Qirğizistondagi aviabazasida şartnoma asosida xizmat qiluvçi harbiy yaşaş joyida jonsiz holda topildi. Bu haqda Rossiya markaziy harbiy okrugi xabar qildi.
"Rossiyaning Qirğizistondagi aviabazasi qömondonligi şartnoma asosida xizmat qiluvçi harbiy xizmatçining ölimi yuzasidan tekşiruv olib bormoqda. U yaşaş xonadonida jonsiz holda topilgan", deyiladi xabarda.
Xabarda aytilişiça, ölim u xizmatdan böş vaqtda yuz bergan, harbiyning tanasida zöravonlik alomatlari aniqlanmagan.












