Saudiya Arabistoni AQŞdan podşohlik içki işlariga oçiqdan-oçiq aralaşuvni töxtatiş va davlatning dunyodagi hamda mintaqadagi pozitsiyasiga zarar yetkazmaslikni talab qildi. Bu haqda podşohlik Taşqi işlar vazirligi bayonot bilan çiqdi, u SPA agentligi tomonidan keltirilgan.

Ar-Riyod bir qator masalalar böyiça AQŞ senatining asossiz va tuşunarsiz ayblovlarini rad etadi. Matnda aytilişiça, podşohlik BMTning 2216-rezolyutsiyasi va boşqa avval erişilgan kelişuvlar asosida Yamandagi siyosiy vaziyatga yeçim topiş uçun sa'y-harakatlarni davom ettiryapti. Şuningdek, qayd etilişiça, Saudiya Arabistoni bundan avval jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi jinoyat ekani, u podşohlik va uning siyosatiga aloqador emasligi haqida ma'lum qilgan.

Saudiya Taşqi işlar vazirligining eslatişiça, mamlakat Qöşma Ştatlar bilan hamkorlikni davom ettirişga tayyor, şuningdek, xalqaro terrorizmga qarşi kuraşga öz hissasini qöşişdan töxtamaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ senatori Saudiya şahzodasi Qoşiqçining öldirilişiga aloqador ekanini ma'lum qilgandi.

«Bu jinoyat Muhammad bin Salmonning körsatmasiga köra taşkillaştirilgan va rejalaştirilgan, degan xulosaga kelmaslik uçun odam ataylab özini kör qilib körsatişi kerak. U avvalboşdan Qoşiqçining ölimiga aloqador bölgan», - dedi senator Robert Korker jurnalistlarga. 

Uning qöşimça qilişiça, MRB hisobotiga köra, jurnalistni öldirişda iştirok etgan jamoa uning jasadini bölaklab taşlaşda yordam körsatiş uçun sud ekspertini taklif qilgan.