Baland binolar va şahar muhiti böyiça xalqaro kengaş 2018 yil yakunlarini sarhisob qildi. Taşkilot hisobotiga köra, yakuniga yetayotgan yilda 200 metrdan ortiq bölgan 143ta bino qurildi, bu rekord natija qayd etilgan 2017 yilga nisbatan atigi törttaga kam. Şu bilan birga, «öta yuqori» osmonöpar binolar (balandligi 300 metrdan oşiq) soni böyiça jahon rekordi qayd etildi - 18ta. 2018 yilda dunyodagi barça osmonöpar binolarning törtdan uç qismi Osiyoda paydo böldi.

Yilning eng baland osmonöpar binosiga Pekinda joylaşgan 108 qavatli CITIC Tower aylandi. Uning uzunligi - 503 metr. Ikkinçi örinda Vetnamning Xoşimin şahrida joylaşgan Vincom Landmark (taxminan 461 metr), uçinçi - Xitoyning Çanşa şahridagi IFS Tower T1 (452 metr).

Umuman olganda, 2018 yil oxiriga kelib dunyoda 1598ta osmonöpar bino bor. Sayyoradagi eng baland bino - Dubaydagi «Burj Xalifa». Uning uzunligi - 828 metr.

Yangi baland imoratlarning asosiy uluşi Xitoy hissasiga töğri keldi, u yerda 88ta yangi osmonöpar bino qurildi, - mamlakat qatorasiga tört yildan beri eng baland yangi imoratlar böyiça yetakçilik qilmoqda.

2018 yilda qurilişi tugallangan osmonöpar imoratlar soni böyiça top-10:

1. Xitoy

2. AQŞ

3. BAA

4. Malayziya

5. Indoneziya

6. Tailand

7. Janubiy Koreya

8. Kolumbiya

9. Kuvayt

10. Kanada