Adliya vazirining buyruği bilan 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran töldirişning yangi qoidalari kuçga kiradi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 26.09.2018 yildagi 768-son qaroriga muvofiq, 1.01.2019 yildan boşlab tuğilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va ölim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarini qölda töldiriş böyiça talablar bekor qilinadi va ularni AKTdan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan töldiriş tartibi joriy etiladi.
Bunda gerbli guvohnomalarni ular töliq işlatib bölingungaça amaldagi blanklarda rasmiylaştiriş va berişga ruxsat etilgan.
Hujjat bilan tuğilganlik, ölim (şu jumladan ölim sodir bölgan kun haqida aniq ma'lumot bölmaganda), nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomalarni töldiriş, şuningdek takroriy guvohnoma (dublikat) beriş tartibi belgilangan.
Guvohnomalar texnik vositalar (kompyuter) yordamida töldirilganda 14 ölçamli «Times New Roman» şriftidan foydalanilişi kerakligi ham belgilangan.
Guvohlik berilayotgan hodisalarning sanalari raqamlar bilan yoziladi.
Hujjat 1.01.2019 yildan kuçga kiradi.
FHDYo organlari gerbli guvohnomalarni qanday töldiradi?
17:32 / 18.12.20187 6512 min












