Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasining davlat ğaznaçilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga çiqarişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi” qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankning 2018 yilning dekabridan boşlab Özbekiston Respublikasining davlat ğaznaçilik majburiyatlari va obligatsiyalari (davlat qimmatli qoğozlari — DQQ) ni muomalaga çiqarişni amalga oşiriş töğrisidagi taklifi ma'qullanmoqda.

Qarorda belgilanişiça:

  • DQQ Özbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufida bölgan barça aktivlar bilan ta'minlanadi.
  • DQQ Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hujjatsiz tarzda çiqariladi va qonunçilikka muvofiq Özbekiston Respublikasining qimmatli qoğozlar bozorlarida muomalada böladi.
  • DQQ Markaziy bank tomonidan “Özbekiston respublika valyuta birjasi” AJning savdo maydonçasi orqali joylaştiriladi va söndiriladi.
  • DQQ joylaştirişdan tuşgan mablağlar Özbekiston Respublikasining davlat byudjyetiga ötkaziladi va davlat byudjyeti taqçilligini qoplaş, turli tadbirlar hamda yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişga yönaltiriladi.

Qaror bilan şuningdek Özbekiston Respublikasining davlat qimmatli qoğozlarini çiqarilişlarining joylaştirilişi, muomalada bölişi va söndirilişi tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Jumladan, nizomga köra DQQ Özbekiston Respublikasi ğaznaçilik majburiyatlari şaklida çiqariladigan qisqa muddatli (1 yilgaça muddatga), şuningdek, Özbekiston Respublikasi obligatsiyalari şaklida çiqariladigan örta muddatli (1 yildan 5 yilgaça muddatga) va uzoq muddatli (5 yildan ortiq muddatgaça) bölib, tijorat banklari hamda Özbekiston Respublikasi rezidentlari bölgan yuridik şaxslar örtasida joylaştirilişi belgilanmoqda.

DQQning nominal qiymati Özbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi va 1.000.000 (bir million) sömni taşkil etadi.

Nizomda şuningdek DQQni muomalaga çiqariş va joylaştiriş, ikkilamçi bozorda DQQning muomalada böliş, DQQ bilan bilan bitimlar böyiça pöl ötkazmalarini va hisob-kitoblarni amalga oşiriş va boşqa tartiblar belgilab berilgan.