Jahon | 11:51 / 18.12.2018
26710
2 daqiqa o‘qiladi

GRU sobiq boshlig‘ining o‘limi haqida yangi ma'lumot tarqaldi. U Livanda vafot etgan

Foto: Aleksandr BOYKO

AQSh prezidentining sobiq maslahatchisi Maykl Flinn FQBdagi so‘roq davomida ko‘rsatmalar berdi. Ularga ko‘ra, Rossiya GRUsi boshlig‘i Igor Sergun, avval xabar qilinganidek, Moskva oblastidagi dam olish uyida emas, balki Livanda hayotdan ko‘z yumgan. So‘roq matni AQSh Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilindi.

«Flinn o‘tgan yil boshida Sergun Livanda vafot etganidan so‘ng, Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyakka qo‘ng‘iroq qilib, ta'ziya izhor qilganini aytgan», - deyiladi hujjat matnida.

Hujjatda boshqa hech qanday tafsilotlar keltirilmagan.

2016 yilning yanvarida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sergun Livanda vafot etgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamagandi.

Ma'lumot uchun: Igor Dmitriyevich Sergun 1957 yilning 28 mart kuni Podolskda tug‘ilgan. 2011 yilning 26 dekabridan 2016 yilning 3 yanvariga qadar GRU boshlig‘i bo‘lgan, general-polkovnik (2015).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GRU yangi rahbarining nomi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid