Rossiya harbiy razvedkasi (Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabining Boş boşqarmasi, sobiq GRU) 2021 yilning örtalarigaça Afğonistonda joylaşgan xalqaro koalitsiya qöşinlari harbiylarini öldiriş uçun Afğonistondagi guruhlarga yillar davomida pul tölab kelgan. Bu haqda The Insider va Germaniyaning Der Spiegel jurnali 8 yanvar, çorşanba kuni çop etgan suriştiruvda aytiladi.

Afğoniston hukumatining sobiq amaldorlari, jumladan Milliy xavfsizlik boşqarmasidan bölganlar jurnalistlarga AQŞ va koalitsiya askarlariga hujumlar 2016-2019 yillarda sodir bölganini aytdi. Naşrlarning yozişiça, har bir halok bölgan askar uçun mukofot jami 200 ming dollarni taşkil etgan, GRU esa "Tolibon"ga kamida 30 million dollar tölagan.

Suriştiruv ma’lumotlariga köra, pullarni qunduzlik sobiq kontrabandaçi Rahmatulla Aziziy boşçiligidagi kurerlar olib ötgan. Jurnalistlar Aziziy 2019 yildan beri Moskvada yaşayotganini va Rahim Ahmadov nomiga berilgan Rossiya pasportiga ega ekanligini aniqladi. Bu hujjatning raqami Solsberida sobiq agent Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani "Noviçok" moddasi bilan zaharlagan Anatoliy Çepiga (Ruslan Boşirov) pasport raqamidan bor-yöği ikki raqamga farq qiladi.

Afğon kurerlariga Rossiyadan boşpana berildi

«Rossiya razvedka xizmatlari «Tolibon» jangçilari va boşqa guruhlarga pul ötkaziş uçun qimmatbaho toşlar savdosi bilan şuğullanuvçi kompaniya sifatida köringan afğon kurerlari tarmoğini saqlaşgan. Öz missiyasini yakunlab, kurerlar Rossiya hujjatlari va Rossiyadan boşpana olişdi», deb yozadi The Insider. Naşrning yozişiça, afğon jangarilarining rossiyalik kuratorlari «Skripalni zaharlaş va Yevropada qöporuvçilik qiliş bilan tanilgan» 29155-harbiy qism ofitserlari bölgan. Suriştiruvçilarning aytişiça, terrorizmni moliyalaştiriş dasturi rahbari 29155-bölinma komandiri örinbosari general-leytenant Ivan Kasyanenko, GRUning «Tolibon» bilan asosiy aloqasi esa Aleksey Titov nomidagi pasport bilan parvoz qiladigan polkovnik Aleksey Arxipovdir.

Suriştiruv ma’lumotlariga köra, kurerlik tarmoğidagi ba’zi afğonlar qoçqinlar niqobi ostida Yevropa Ittifoqiga kirişgan. Der Spiegel naşriga köra, ulardan kamida ikki nafari Germaniyadan boşpana sörab murojaat qilgan va ularga rad javobi berilgan, biroq ular mamlakatda yaşaşni davom ettirmoqda.