Rossiya harbiy razvedkasi (Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabining Boş boşqarmasi, sobiq GRU) Moskva va Sankt-Peterburgda xorijliklarni Ğarb davlatlarida qöporuvçilik faoliyatiga tayyorlaş uçun öquv markazlarini yaratdi. Der Spiegel va The Insider naşrlarining suriştiruvlar bilan şuğullanuvçi jurnalisti Xristo Grozevning 17 yanvar, juma kuni çop etilgan «Kotrikadze Dzyadko» YouTube-kanaliga bergan intervyusida «diversantlar universiteti» deb ataluvçi taşkilotning taşkil etilişi muhokama qilindi.

Uning sözlariga köra, tahsil oluvçilarning aksariyati Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan, xususan, Xersondan kelgan Ukraina fuqarolari. Bular jinoiy ötmişi bölgan odamlar va ular GRU xodimlari tomonidan diversiyalarga örgatilmoqda, deya aniqlik kiritdi Grozev. Ikkinçi toifaga Lotin Amerikasidan kelgan odamlar kiradi, ularning ba’zilari ilgari Rossiyada öqib, işga qabul qilingan, boşqalari, masalan, venesuelaliklar va kubaliklar esa bunday tayyorgarlikdan ötiş uçun «maxsus kelganlar». Uçinçi toifaga Afğonistondan kelganlar kiradi. 2023-2024 yillarda GRU «juda köp» afğon yoşlarini Yevropada qoçqinlar niqobi ostida diversiyalar uçun yollagan, deya xabar beradi jurnalist.

«Diversantlar universiteti» uçta sababga köra yaratilgan

Jurnalist bunday öquv markazlari taşkil etilişining bir qança sabablarini sanab ötdi. Birinçidan, bir qator suriştiruvlar natijasida xorijda işlagan 100 ga yaqin rossiyalik GRU josuslari foş etildi. Ikkinçidan, Ukrainadagi uruş paytida ba’zi agentlar öldirilgan yoki yaralangan. Uçinçidan, GRUning butun dunyo böylab «ikkinçi harbiy attaşe yoki ikkinçi kotib» maqomi ortiga yaşiringan «diplomatik» xodimlari sanksiyalar tufayli endi Ğarb davlatlariga bora olmaydi.

Grozev GRU tomonidan öqitilayotgan agentlar sonini aytmadi, lekin bu iş natijalari, xususan, Polşa va Çexiyadagi sabotaj, şuningdek, Yevropadagi DHL logistika markazlarida sodir bölgan yonğinlar bilan boğliq hodisalarni öz içiga olganini ta’kidladi.