Boşlangan haftada Özbekistonning bir qança hududlarida kuçli qor yoğişi va muzlaş kuzatiladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazining haftalik prognozida keltirilgan.

Özbekistonda 18 dekabrdan boşlab havo harorati sezilarli darajada pasayadi: 18–19 dekabr kunlari harorat 3–8 darajaga pastlab, 19 dekabr kuni kunduzi 0...+5 daraja iliq bölişi prognoz qilinmoqda.

Haftaning seşanba va çorşanba kunlari Toşkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida qor va yomğir yoğişi mumkin. Hafta örtasida kuçli tumanlar tuşişi kutilmoqda. Respublikaning toğli hududlarida ham havo harorati keskin pasayib, kunduzi -3 darajagaça, keçasi -7 darajagaça sovuq bölişi, qor yoğişi mumkin. Hududlarda şamol ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 19 dekabr kuni şamol tezligi sekundiga 15-20 metrga kötarilişi mumkin. 20-21 dekabr kunlari kunduzi 0...+5 daraja iliq, tunda 0...-5 daraja sovuq bölişi kutilmoqda.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yomğir va qor yoğadi, faqat 21 dekabrga borib yoğingarçiliklar töxtaydi. Tuman tuşişi mumkin. Havo harorati kunduzi +5...+10 daraja iliq, tunda 0...-5 daraja sovuq bölişi mumkin.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida bulutli havo kuzatiladi, 19-20 dekabr kunlari yoğingarçilik bölişi mumkin (yomğir, qor). 21-22 dekabr kunlari yoğingarçilik kutilmayapti, tuman tuşişi mumkin. Harorat kunduzi 0...+5 daraja iliq, keçasi -3 daraja sovuq bölişi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida bulutli havo kuzatiladi, tuman tuşişi mumkin. 19-22 dekabr kunlari yoğingarçilik bölişi, yomğir qorga aylanişi kutilmoqda. 

Respublikaning toğli hududlarida havo özgarib turadi, vaqti-vaqti bilan kuçli qor yoğişi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tuşişi mumkin. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq örtasida böladi.