Forbes naşri AQŞning eng badavlat maşhur kişilari reytingini tuzdi. 2017 yildagi kabi joriy yil uçun reytingda eng yuqori örinni 5,4 mlrd dollarlik boylik bilan rejissyor Jorj Lukas egalladi.

Jorj Lukas
Foto: Getty Images

Reytingning 2- va 3-örinlarini rejissyor Stiven Spilberg (3,7 mlrd dollar) va teleboşlovçi Opra Uinfri (2,8 mlrd dollar) özlarida saqlab qolişgan.  

Stiven Spilberg
Foto: Getty Images
Opra Uinfri
Foto: AP

4-örinni sobiq basketbolçi va aktyor Maykl Jordan egallagan. Uning boyligi ötgan yilga nisbatan 300 mln dollarga köpayib, 1,7 mlrd dollarga yetgan. Eng badavlat maşhur kişilar beştaligini “Kardaşyan oilasi” teleşousi iştirokçisi Kayli Jyenner yakunlamoqda. Uning boyligi 900 mln dollarni taşkil qilmoqda.  

Şuningdek, yetakçi öntalikdan rep ijroçilar Diddi va Jyey-Zi, közboylovçi Devid Kopperfild, golfçi Tayger Vuds va yozuvçi Jyeyms Patterson joy olgan.

Reytingning barça iştirokçilarining umumiy boyligi 18,7 mlrd dollarga baholangan.