Rossiya prezidenti Vladimir Putin valyutani tartibga soliş va nazorat qiliş qoidalariga tuzatmalar kirituvçi qonunni imzoladi. 

Qabul qilingan tuzatmalar banklarga köçadagi tablolarda valyuta kurslari haqidagi axborotni joylaştirişni taqiqlaydi.

Avvalroq Rossiya markaziy banki valyuta kurslarini körsatuvçi elektron tablolar va boşqa qurilmalarni banklardan taşqarida joylaştirişni taqiqlaşni taklif qilgandi.

Markaziy bankda ta'kidlanişiça, bunday tablolarni odatda noma'lum jismoniy şaxslarga tegişli noqonuniy valyuta ayirboşlaş punktlari örnatadi. Yangi çora noqonuniy valyuta ayirboşlaş punktlariga qarşi kuraşişda kömak berişga çorlangan. 

Şu bilan birga banklarning valyuta kurslari haqida ommaviy axborot vositalari va mobil dasturlar orqali xabardor qiliş huquqi saqlanib qoladi.