Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Putin nima uchun smartfon tutmasligini tushuntirdi
Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiya rahbarida mobil telefon yo‘q, u axborotni turli yo‘llar bilan oladi.
“Uning ixtiyorida turli xil ma'lumotlar chiqarilgan qog‘ozlar papkalari, qog‘ozda aks etgan dayjestlar, televizion dayjestlar bor”, deb javob qilgan Peskov Putin qay yo‘sinda axborot olishi haqidagi savolga. “Prezident, shuningdek, kompyuterda internetni ko‘zdan kechirishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.
Uning ta'kidlashicha, Putinning shaxsiy mobil telefoni yo‘q va Kremlda hamon yopiq aloqadan foydalaniladi. “Yopiq hukumat aloqasining eski qadrdon telefonlari barcha smartfonlarni ortda qoldiradi”, deb aytgan Peskov.
“Smartfonga ega bo‘lish – o‘zini ko‘z-ko‘z qilishdek gap. Bu to‘liq shaffoflikdir. Siz qo‘lingizga smartfonni olib, “men barcha narsani namoyish qilishga tayyorman” deganiga rozi bo‘lgan hisoblanasiz. Prezidentda esa bu bo‘lmasligi kerak. Boz ustiga Rossiyadek davlatning prezidentida va Putin kabi prezidentda”, deb ta'kidlab o‘tgan Peskov.
Mavzuga oid
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
21:33 / 25.04.2026