Özbekiston va Rossiya fuqarolari Qozoğistonning Aqmola oblastida qutqarildi.
Qozoğiston Içki işlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar böyiça qömitasi ma'lumotlariga köra, 18 dekabr kuni «Astana – Petropavlovsk» trassasining 195-kilometrida «Sarioğoç – Petropavlovsk» yönalişi böyiça harakatlangan «Setra» rusumli avtobus buzilib qolgani haqida xabar kelib tuşgan. Avtobusda Özbekistonning 14 nafar va Rossiyaning 2 nafar fuqarosi bölgan, ularni xavfsiz joyga olib ketiş talab etilgan.
Birjan sal tumanining qutqaruvçilari va tuman hokimligi xodimlari yordamida odamlar avtobusdan evakuatsiya qilindi va «Gazel» yölovçi avtomobilida Bulandin tumanidagi Makinsk şahri temir yöl vokzaliga olib borib qöyildi.
Buzilib qolgan avtobus ta'mirlaş uçun yaqin oradagi kempingga yetkazilgan.













