Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni imzolandi.
Farmonga köra, 2019 yilda erkin iqtisodiy zonalarning avtomobil yöllari, suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini quriş va ta'mirlaş böyiça “Yöl xaritasi”, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalari ma'muriy kengaşlarining yangilangan namunaviy tarkibi tasdiqlanmoqda.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birga 2019 yilning 1 apreliga qadar quyidagilarni nazarda tutuvçi Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasini işlab çiqişi va kiritişi belgilanmoqda:
- erkin iqtisodiy zonalarning ixtisoslaşuvi, investitsiya loyihalarini tanlab olişning aniq mezonlari, berilayotgan imtiyozlar va davlat kömagining boşqa şakllarini belgilaş;
- investorlarni jalb qiliş maqsadida erkin iqtisodiy zonalar hududida zarur şart-şaroitlar yaratiş, şu jumladan, muhandislik-transport infratuzilmasi, ijtimoiy-maişiy va madaniy-jamoatçilik obektlar bilan ta'minlanganlik darajasini yaxşilaş;
- erkin iqtisodiy zonalarning boşqariş tizimini, şu jumladan, direksiyalar faoliyatini taşkil etişda yagona standartlarni belgilaş, körsatilayotgan xizmatlarning röyxatini kengaytiriş, şuningdek, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarini tadbirkorlik sub'yektlari, şu jumladan, xorijiy kompaniyalarga işonçli boşqaruvga beriş yöli bilan takomillaştiriş;
Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Ma'muriy kengaşlar va erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalari faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş böyiça hukumat qarori loyihasini kiritadi, unda erkin iqtisodiy zonalarning vazirlik, idoralar, taşkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan özaro hamkorligi tartibini nazarda tutiladi;
Ma'muriy kengaşlar va erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
- samarasiz foydalanilayotgan yer uçastkalarini qaytargan holda, erkin iqtisodiy zonalar iştirokçilari bilan yerdan foydalaniş şartnomalarini qayta körib çiqiş yoki qöşimça loyihalarni amalga oşiriş hisobiga yerdan oqilona foydalaniş böyiça “yöl xaritalari”ni işlab çiqiş;
- erkin iqtisodiy zonalarning belgilangan muddatlarda investitsiya loyihalarini amalga oşirişni boşlamagan iştirokçilari bilan kelişuvlarni bekor qiliş;








