Çiqindi masalasi öz yeçimini kutayotgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Agar u zudlik bilan hal etilmasa, yaqin orada barçamiz global çiqindixonada yaşaşga majbur bölamiz, deb hisoblaydi Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, Sultonobod MFY yaşovçi, mahalla faoli Xalil Qarşiboyev.​

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining atrof-muhit böyiça dasturi (UNEP) ma'lumotlariga köra, har kuni butun dunyo böylab 11 mln tonna çiqindi hosil böladi. Bu miqdorni balandligi 3 km bölgan toğga yoki Lyuksemburg davlatining hududiga qiyoslaş mumkin. Bunday çiqindi uyumlarini yöqotiş uçun esa bir yilda 200 mlrd.dollardan ortiq mablağ sarflanadi. Vaholanki, bu pulga ming gektarli uzumzor boğ yaratiş, onkologiya bilan oğrigan minglab bemorlarning hayotini saqlab qoliş mumkin.

Video: Youtube

Video: Mover

Çiqindi hosil böliş jarayonini mutlaqo töxtatib bölmaydi. Ammo uning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş uçun yetarliça imkoniyatlar mavjud. Ya'ni çiqindilarni qayta işlaş va ulardan yangi mahsulot tayyorlaş - şunday yeçimlardan biri. 

Qarşiboyevning aytişiça, bunda ham xomaşyo tejaladi, ham çiqindi uyumlarining soni qisqaradi. Çiqindini qayta işlaşning dastlabki va eng muhim bosqiçi - uni saralaş hisoblanadi. Jahon standartiga köra, qoğoz, metall, plastik, şişa, organik moddalarning çiqindisini alohida-alohida idişlarga ajratiş kerak.

«Oddiy fuqarodan tabiatni öz holiga qaytarişni talab qiliş noörin, ammo çiqindini öz joyida saralaş, bu orqali davlat mablaği va kuçini tejaş mumkin»​, - deydi Xalil Qarşiboyev. 

U özi yaşayotgan, xalq orasida Kaliyas deb ataladigan qişloqni çiqindidan xoli hududga aylantiriş borasida oddiy, ammo samarali işlarni taşkil etgan. Masalan, uning taşabbusi bilan çiqindilarni saralaş punkti taşkil etilgan bölib, Halil ota mahalladoşlarini ekologiyaga e'tiborli bölişga çaqiradi.

Uning ta'kidlaşiça, atrof-muhit muhofazasi böyiça taşkilotlar faoliyat olib boryapti, lekin ularning aksariyati natijasiz. «Yangi dastur işlab çiqilsayu, xalqqa örgatilmasa, heç qanday naf yöq», - deydi u.