Suriştiruvni eng avvalo qaysi oşxonalarda çumçuq göşti tayyorlanişi haqida maʼlumot töplaşdan boşladik. Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi “Ulfatlar” oşxonasi, Farğona viloyati Buvayda tumanidagi oşxonalardan biri hamda Oltiariq tumani Zilha mahallasida joylaşgan maxsus oşxona çumçuq göştidan kabob  va turli taomlar tayyorlab sotişini aniqladik. Yemakxona telefon raqamlarini topib, özimizni mijoz sifatida taniştirdik va oşpazlardan çumçuq göştidan tayyorlangan ovqat bor-yöqligini söradik. Biz söragan taom oşxonalarda bor ekan. Ayni kunlarda pişirilgan bir dona çumçuq 10 ming sömgaça sotilayotgani maʼlum böldi.

1
Foto: imgfave.com
2

Telefon orqali suhbat asnosida oşpazlardan çumçuqlar oşxonaga qayerdan olib kelinayotgani haqida ham söradik. Ular quşlar ovçilar tomonidan otilib, oşxonalarga tarqatilayotganini maʼlum qildi. Çumçuqlarni ovlayotgan ovçilarning telefon raqamlarini olişga harçand urinmaylik, buning uddasidan çiqa olmadik.

“Dumba yoğida qovurib beraymi?”

Çumçuq kabob tayyorlaydigan oşxonalarni izlab yölga otlandik.

Birinçi manzil Oltiariq tumani Zilha mahallasidagi oşxonalardan biri böldi. Ança ovloq, atrofini majnuntollar pana qilib turadigan köl böyida qurilgan oşxona. Bu yerda baliq, çumçuq, qaşqaldoqdan turli taomlar pişirilib sotilar ekan. Oşxona xodimiga özimizni xöranda sifatida taniştirib baʼzi maʼlumotlarni qölga kiritdik.

3
4

Oşpaz sovitkiçda saqlanayotgan 200 ta çumçuq göştini körsatib, donasini 8 ming sömdan dumba yoğida pişirib berişini aytdi. Oşpazning aytişiça, çumçuqlar ovçilar tomonidan otib öldirilib, oşxonalarga topşiriladi. Oşpazdan ovçining telefon raqamini berişini har qança söramaylik, u raqamini heç kimga bera olmasligini, buni ovçining özi tayinlaganini aytib, iltimosimizni rad etdi.

“Suratga olmang”

Keyingi manzil Buvayda tumani markazida joylaşgan çumçuq göştidan taomlar tayyorlab sotiş bilan şuğullanadigan oşxona böldi. Oşxona ança maşhur ekan. Mijozlari ham  köp. Oşpazning, oşxona xodimlarining qöli qöliga tegmaydi. Pati tozalanib, bir parça göşt holatiga kelgan çumçuqlar yoğ bilan töla, qizigan katta qozonlarga solinyapti...