Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni imzolandi.
Farmonga köra Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini eng yaxşi jahon tajribasiga asoslangan holda takomillaştiriş böyiça quyidagilarni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritiş vazifasi topşirildi:
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUKning taşkiliy-huquqiy şaklini aksiyadorlik jamiyatiga özgartirib, uning balansiga “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obektlarini davlat uluşi sifatida, şuningdek, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining barça yer maydonlarini doimiy foydalaniş huquqi asosida beriş;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan erkin iqtisodiy zona iştirokçilariga, şu jumladan, marketing, konsalting, logistika, kommunal-maişiy, mehmonxona, ta'lim, suğurta va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa turdagi xizmatlar körsatiş;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida soddalaştirilgan viza rejimi va xodimlarni, şu jumladan, çet el fuqarolarini işga yollaş tartibini joriy qiliş;
- erkin iqtisodiy zona qatnaşçilari uçun litsenziya va ruxsatnoma olişning soddalaştirilgan tartibini joriy qiliş. Bunda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga qatnaşçini kuzatiş va talabgorning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaş vakolati beriladi;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi iştirokçisi loyihalarni joylaştiriş şartlarini bajarmagan taqdirda u bilan tuzilgan şartnomani faqatgina sud tartibida bekor qiliş tartibini örnatiş;
- “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida çet el fuqarolari uçun qulay yaşaş va mehnat şaroitlarini yaratiş.








