Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan olib borilgan örganişlar natijasiga köra, bugungi kunda turistlar taşrif buyuradigan jamoat joylari va obektlarda sanitariya-gigiyena şoxobçalarini taşkil etişga katta ehtiyoj mavjud.

Özbekiston Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Içki turizmni jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi 3514-son qarori şuningdek, Hukumatning hududlarda turizm sohasini rivojlantirişga oid topşiriqlarida turistlar gavjum böladigan joylarda sanitariya-gigiyena şoxobçalarini qurib (qayta qurib), ularni zamonaviy sanitariya talablariga javob beradigan holda foydalanişga topşirilişini ta'minlaş vazifasi belgilangan. Uşbu vazifani davlat-xususiy şerikçiligi asosida tezkor amalga oşiriş maqsadida xöjalik yurituvçi sub'yektlar uçun quyidagi imkoniyat va şaroitlar joriy etilgan:

1) Xöjalik yurituvçi sub'yektlarining sanitariya-gigiyena şoxobçalarini quriş, qayta tiklaş va kapital ta'mirlaşga sarflagan 100 million sömgaça bölgan xarajati uning soliq solinadigan bazasidan ayirib taşlanadi. Bunda soliq solinadigan bazaning 100 million sömgaça kamayişi, bir martalik yoki qismlarga bölingan holda, 2020 yil 1 yanvar muddatigaça amalga oşiriladi (Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 13 avgustda 3053-son bilan röyxatdan ötkazilgan «Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari böyiça kamaytiriş tartibi töğrisidagi nizom»);

Masalan: 2018 yilning sentabr-oktabr oylarida xöjalik yurituvçi sub'yekt - umumiy ovqatlaniş nuqtasi öz hududida barça mijoz va yölovçilar foydalanişlari uçun sanitar-gigiyena şoxobçasini jami 60 million sömga qurib foydalanişga topşirdi. Mazkur sub'yekt tomonidan 2018 yilning uçinçi çoragida jami soliqqa tortiladigan daromadi 80 million sömni taşkil qilgan bölsa, soliqni faqatgina 20 million sömdan tölaydi.

2) Turizm infratuzilmasi obektlaridagi (tarixiy va me'moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlaniş punktlari, xizmat körsatiş obektlari, avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari, avtomobillar uçun vaqtinça töxtaş joylari, yölböyi infratuzilmasining servis xizmatlar körsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, dökonlar va odamlar gavjum böladigan boşqa joylarni) sanitariya-gigiyena şoxobçalarini saqlaş uçun xarajatlar, ya'ni farroşlar iş haqi, gigiyena, tozalaş va yuviş vositalarini sotib oliş, kommunal xarajatlarni tölaş böyiça xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan qilingan 12 million sömgaça bölgan miqdordagi xarajatlar ularning soliq solinadigan bazasidan ayirib taşlanadi (yuqorida keltirilgan Nizom);