Qişloq xöjaligida ekin maydonlaridan samarali foydalaniş mexanizmi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Qonun prezident tomonidan imzolandi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Xususan, Yer kodeksi hamda Dehqon xöjaligi töğrisidagi Qonunga kiritilgan özgartirişga köra, endilikda dehqon xöjaligi uçun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilişga yer uçastkasi tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman (şahar) kengaşining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bölgan yoş fuqarolarga ham beriladi.
Ilgari bunday uçastkalar faqat oilali va qişloq joylarda kamida uç yil mobaynida yaşab turgan fuqarolarga berilgan.













