Birlaşgan Arab Amirliklarida klublar örtasidagi jahon çempionati yakuniga yetdi.

Finalda Madridning «Real» va mezbonlar vakili «Al-Ayn» klubi bilan kuç sinaşdi. Öyinda madridliklar 4:1 hisobida ğalaba qozonişdi. Gollar Modriç, Lorente, Ramos va Şiotani hisobiga yozildi. Yana bir golni Nodir öz darvozasiga yöllab qöydi. Natijada, «Real» öz tarixida törtinçi marta klublar örtasida jahon çempioni böldi.

Klublar örtasidagi jahon çempionati - 2018
Real (Madrid, Ispaniya) – Al-Ayn (BAA) - 4:1 
22 dekabr, «Şayx Zayd» stadioni
Gollar: 1:0 – 14 Modriç, 2:0 – 60 Lorente, 3:0 – 78 Ramos, 3:1 – 86 Şiotani, 4:1 – 90 Nodir (avtogol) 
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Sebalos, 71), Lorente (Kazemiro, 82), Vaskes, Modriç, Beyl, Benzema.
Al-Ayn – Iso, Ahmad, Şiotani, Ahmad (Muhammad, 64), El-Şaxat, Fayyoz, Yaslam, Dumbiya, Kayo, Berg (Nodir, 75), Umar Abduraxmon (Abduraxmon, 67).
Ogohlantiriş: Ramos (45).