AQŞning iste'foga ketayotgan mudofaa vaziri Jyeyms Mettis AQŞ qöşinlarining Suriyadan olib çiqilişi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.  

Farmonda qöşinlarning qanday yösinda va qaçon olib çiqilişi körsatilgan, biroq telekanal bu ma'lumotni oşkor qilmagan.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp IŞID ustidan ğalaba qozonilgani munosabati bilan Suriyadan qöşinlarning olib çiqilişini e'lon qilgandi. Trampning bu qarori nafaqat AQŞning ittifoqdoşlari, balki AQŞ kongressi a'zolari uçun kutilmagan qaror bölgan. Bir qator nufuzli senatorlar ma'muriyatning bu qaroriga qarşi çiqişgan. Oq uyda Tramp öz qarorini özgartirişi istisno qilingan.

Hozirda Suriyada 2600 ga yaqin amerikalik harbiy bor. Tramp millatga murojaatida ularni “butun dunyo qahramonlari” deb atagan.