Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 25 dekabrdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga köra, 1 AQŞ dollari ötgan haftadagi kursga nisbatan 13,96 sömga kötarilgan va 1 dollar 8339,55 sömni taşkil etgan.

1 yevro kursi 65,83 sömga qimmatlab, 1 yevro 9479,57 sömga teng bölib turibdi.

1 Rossiya rubli 3,79 sömga tuşdi va 120,91 sömni taşkil qildi.

Eslatib ötamiz, şu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi avgust oyi boşida 7783 sömgaça tuşgandi. Kurs sentabr oyidan yana ösa boşladi, sentabr oyi boşida kurs keskin qimmatlaşib, bir haftada 176,83 sömga ösdi va 1 dollar 8039 sömga yetgandi. 

Şundan söng rasmiy kurs 18 hafta davomida muntazam kötarildi va ikki hafta muqaddam 8300 sömlik nuqtadan ötgan, lekin dekabr oyi boşiga kelib, ilk marta pasaygandi.