Sport | 11:09 / 24.12.2018
10638
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidentiga aloqasi borligi aytiluvchi turk klubi O‘zilga qiziqish bildirmoqda

Foto: Getty Images

«Istanbul» klubi prezidenti Go‘ksel Gumushdag‘ «Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zilning ehtimoliy transferi haqida gapirib o‘tdi. Uning so‘zlarini Bild nashri chop etgan.

«Mesut O‘zil – qimmatbaho futbolchilardan. U bilan qachondir «Istanbul»da yo‘llarimiz tutashadi, deb umid qilaman. Agar u safimizda o‘ynashni istasa, uni qo‘lga kiritish uchun barcha ishni qilamiz», - dedi funktsioner.

Ushbu klub Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga aloqador ekani aytiladi. JCh-2018 oldidan Erdo‘g‘an va O‘zil uchrashib, suratga tushishgan, bu esa nemis matbuoti, Germaniya futbol federatsiyasi va muxlislar e'tiroziga sabab bo‘lgan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid