Davlat röyxatidan ötmasdan norasmiy ravişda tadbirkorlik faoliyat turlari  (oziq-ovqat  mahsulotlarini  tayyorlaş,  masalan,  şirinliklar  va milliy taomlar, meva va sabzavotlarni konservatsiya qiliş, uyda non yopiş; nooziq-ovqat  tovarlari  bilan  savdo  qiliş,  masalan,  mebellarni ta'mirlaş,  deraza  va  eşik  romlarini  tayyorlaş,  quriliş  işlari; xizmatlar  amalga  oşiruvçilar,  masalan,  xonadonlarda  çakana  savdo, avtomobillar,  santexnika  va  boşqa  turli  maişiy  xizmat  texnikalarini ta'mirlaş,  kosibçilik,  biçiş-tikiş  kabi  xizmatlari)  bilan şuğullanişi kuzatilmoqda. Bu haqda Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qiliş ilmiy markazi hisobotida aytiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qiliş ilmiy markazi tomonidan ötkazilgan sotsiologik tadqiqot natijasiga köra, quyidagi omillar aholi bandligi  masalalari borasida aniqlangan holatlar va muammolar sifatida keltirilgan. 

- munosib  haq  tölanadigan  doimiy  iş  örinlarining  yetişmasligi, yoşlarni  işga  joylaşişlaridagi  qiyinçiliklar,  bunda  asosan  oliy  ma'lumot  yoki  iş  stajiga  ega  bölmagan  yoş  kadrlarni  işga joylaşişlaridagi murakkabliklar;

- taqdim  etilayotganligi  iş  örinlari  mehnatga  haq  tölaşning  kamligi sababli  yoşlar  iş  izlab  xorijga  çiqib  ketiş  holatlarini  keltirib çiqarayotganligi;

- qişloq  joylarda  yuqori  haq  tölanadigan  doimiy  iş  örinlarining mavjud  bölmaganligi  sababli  yoşlarning  xorijga  mehnat  qiliş  uçun  çiqib ketişlari;

- qişloq  hududlarda  xizmat  körsatiş  sohasida  faoliyat  yuritişni rejalaştirgan tadbirkorlar uçun kredit olişning murakkabligi sanab ötilgan omillar sirasidan. 

Aholi bandligini va iş örinlarini taşkil etiş holatlarini yaxşilaş uçun markaz mutaxassislari tadqiqot hisobotida öz takliflarini ham taqdim etgan.

Unga köra, avvalo davlat taşkilotlari xodimlarining mehnatini me'yorlaştiriş va iş haqini taşkil etişni qayta körib çiqiş lozim. Şuningdek, işlab çiqariş korxonalarida malakali kadrlarga ehtiyoj asosan dolzarb kasblarga tayyorlaş böyiça qisqa muddatli kurslar taşkil etiş, şuningdek oliy va örta maxsus tizimidagi öquv yurtlarining mutaxassislik tayyorlaş tizimini qayta körib çiqiş kerak. 

Xususan, tadqiqot natijalari e'lon qilingan hisobotda quyidagilar taklif sifatida e'tirof etilgan. 

- mavsumiy quriliş-ta'mirlaş işlari bilan şuğullanayotgan yoşlardan quriliş otryadlari tuziş orqali yoşlarni doimiy iş bilan ta'minlaş çora tadbirlar mexanizmini işlab çiqiş