Özbekistondan çet elga iş izlab çiqib ketayotgan aholi sonida tuşiş kuzatilmoqda. Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yil yakunlari böyiça hisobotida taşqi mehnat migrantlarining mamlakatdan ketiş sur'ati 1,9 foizga tuşganini (2593,7 ming kişi) bildirgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2018 yilning ikkinçi yarmida aholining mavsumiy iş bilan şuğullaniş sur'ati oşgan. Bu körsatkiç joriy yilning birinçi yarmiga nisbatan 22,8 foizga köp. Holatga paxta terim mavsumida kuzatilgan iş örinlarini tartibli taşkil etiş sabab bölgani aytilmoqda. 

Vazirlik ayni paytda taşqi mehnat migratsiyasiga oid tadqiqot ötkazayotganini bildirib, uning natijalari 2019 yil boşida ma'lum qilişni rejalaştirgan. 

Eslatib ötamiz, bundan avval  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yangi metodologiya asosida ötkazilgan tadqiqot natijasini ma'lum qilgandi. Unda respublikadagi işsizlik körsatkiçi va iş bilan band aholining tavsiflari berilgan. ​