Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining yöl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholaş tartibi va mezonlari töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, har çoraklik işlarni baholaş yakunlariga köra, faoliyati qoniqarsiz deb topilgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan ta'sir çorasi sifatida lavozim maoşining 50 foizigaça miqdorda bir martalik pul uşlanişi qöllaniladi.
Bir martalik pul uşlanişi intizomiy jazo çorasi hisoblanmaydi va uning qöllanişi intizomiy jazo çorasini qöllaş bilan boğliq oqibatlarga olib kelmaydi.
Har çoraklik işlarni baholaş yakunlariga köra, faoliyati samarali deb topilgan DYHXX YPX xodimlariga nisbatan lavozim maoşining 50 foizigaça miqdorda bir martalik pul mukofoti qöllaniladi.
Uşbu pul mukofoti rağbatlantiriş çorasi hisoblanmaydi va xodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qöllaniladi.
Bir martalik pul uşlanişini va mukofotini qöllaş töğrisidagi qarorlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, viloyatlar içki işlar boşqarmalari va Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasida taşkil etiladigan DYHXX YPX xodimlarining biriktirilgan sektorlarda yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş faoliyatini baholaş komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
DYHXX YPX xodimlarining faoliyati quyidagi holatlarda baholanmaydi:
DYHXX YPX xodimi sektorga vaqtinça biriktirilganda yoki tegişli uçastkada majburiyatlarini vaqtinça bajarayotganda;
DYHXX YPX xodimini tegişli sektorga biriktiriş muddati (davrning davomiyligi) hisobot çoragi muddatidan oşmaganda;
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining ta'lim muassasalarini bitirgandan söng içki işlar organiga xizmatga qabul qilingan DYHXX YPX xodimi tegişli sektorga biriktirilganda - faoliyatni murabbiylar rahbarligida amalga oşiriş davrida;
belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga çiqişi, uzoq muddatli maxsus tadbirlarga jalb qilinişi yoki soğligi holati böyiça (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida) xizmat vazifasini vaqtinça bajara olmagan taqdirda.
Agar bir sektorga ikki va undan ortiq DYHXX YPX xodimi biriktirilsa, ularning faoliyatini baholaş va pul uşlanişi yoki mukofoti tarzidagi çoralar ularning har biriga nisbatan teng qöllaniladi. Xodim öz faoliyatini murabbiy rahbarligida amalga oşiradigan holatlar bundan mustasno.








