Özbekiston Respublikasi prezidentining «Paxta xomaşyosini yetiştirişda tomçilatib suğoriş tizimini keng joriy qiliş uçun qulay şaroit yaratiş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga köra, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalaniş, suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxşilaş, qişloq xöjaligi ekinlarining, ayniqsa ğöza hosildorligini oşiriş, şu asosda qişloq xöjaligi işlab çiqarişining barqaror faoliyat yuritişini ta'minlaş maqsadida:
Quyidagilar ğöza yetiştirişda tomçilatib suğoriş tizimini joriy qilişni yanada kengaytirişning ustuvor yönalişlari etib belgilanmoqda:
· ğöza yetiştirişda tomçilatib suğoriş tizimini joriy qiliş böyiça loyihani amalga oşiruvçi paxta xomaşyosi işlab çiqaruvçilariga davlat tomonidan kömak körsatişning ta'sirli tizimini joriy qiliş, tomçilatib suğoriş tizimi va uning butlovçi qismlarini işlab çiqaruvçilarini rağbatlantiriş mexanizmini takomillaştiriş;
· mavjud suv resurslaridan samarali foydalaniş, tomçilatib suğoriş orqali ğöza yetiştiriş sohasida innovatsion ğoyalar, ilmiy-tadqiqot işlanmalari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni keng joriy qiliş;
· respublika hududlarining tuproq-iqlim va boşqa şaroitlarini hisobga olgan holda tomçilatib suğoriş texnologiyasini qöllaş uçun ilmiy-amaliy va uslubiy asoslarini şakllantiriş;
· tomçilatib suğoriş texnologiyasidan foydalangan holda paxta yetiştirişda foydalaniladigan qişloq xöjaligi texnikasi, maşina va mexanizmlari, şuningdek mineral öğitlar işlab çiqarişni yölga qöyiş;
· suvni tejaydigan suğoriş texnologiyalarini joriy etiş va undan foydalaniş böyiça mutaxassis kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil etiş;












