Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi uni yangi sinovlar tomon chorlagan Ronalduning chaqirig‘iga javob berdi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Yuventus»dagi hamkasbi Krishtianu Ronalduning chorloviga javob berdi.
Avvalroq portugaliyalik yulduz argentinalik raqobatchisini A Seriyada ko‘rish istagi yo‘q emasligini bildirgan edi. «Men uchun, hayot – sinovlar demakdir. Bu sinovlar olami menga yoqadi, odamlarni baxtli qilishni yoqtiraman. U ham bir kun kelib Italiyaga kelishini, xuddi men kabi o‘zini sinov va qiyinchilikka urishini istagan bo‘lardim», – deya ta'kidlagandi Ronaldu.
Messi kuni kecha Marca bilan suhbatda bo‘lib, Ronalduning ushbu chaqiruviga javob qaytardi.
«O‘zgarishga qo‘l urishim shart emas. Shundoq ham jahonning eng yaxshi klubida o‘ynayapman. Oldimdagi qiyinchilik va sinovlar har yili yangilanib turadi.
Yangi maqsadlar qo‘yish uchun boshqa klub yoki ligaga yo‘l olishim joiz emas. Dunyoning eng yaxshi klubida – o‘z uyimdaman. O‘zgarish qilishim uchun sabab yo‘q», – deya ta'kidladi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ham o‘sha intervyusida bu holga alohida urg‘u bergan edi: «Agar u o‘zini klubida baxtli his etayotgan bo‘lsa, bu tanlovini hurmat qilaman».
Mavzuga oid
12:17
JCh kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modrichda alamli yakun
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026