Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uçun möljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Murojaatnomasida sud-huquq sohasi oldida turgan asosiy ustuvor vazifalarga e'tibor qaratildi.

Sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlaş va tayinlaş tizimini yanada takomillaştiriş zarurligi alohida ta'kidlandi.

«Sudyalikka nomzodlarni tanlaş takomillaştirilişi lozim. Şahar va tumanlar sudyalarni tayinlaş sudyalar oliy kengaşiga berilişi kerak. Hozir esa hamma huquq prezidentning qölida.

Sudya böyiça menga olib keladi, zör deydi, men qöl qöyaman, ertaga 6 oydan keyin korrupsiyaga aralaşib, işdan ketadi. 

Endi prezident qöl qöymaydi, bu işni sudyalar kengaşi qiladi», dedi prezident.

Prezident bu jarayonda jamoatçilik iştirokini oşiriş zarurligiga urğu qaratgan.

«Sudyalar korpusini şakllantiriş tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga töliq moslaştiriş, bu jarayonda keng jamoatçilik iştirokini ta'minlaş zarur. Buning uçun tuman, şahar va viloyat sudi sudyalarini tayinlaş vazifasini sudyalar hamjamiyati töliq öz zimmasiga olişi maqsadga muvofiqdir. Bu borada jamoatçilik fikri va ular oldidagi hisobdorlik masalasi töliq öz ifodasini topişi zarur», deya prezident sözlarini keltirgan ÖzA.

«Hozirgi kunda sudyalarni tanlaş va lavozimlarga tayinlaşning tizimi butunlay özgarayotir. Bu jarayonga noqonuniy aralaşuvlarning oldini oliş uçun nomzodlar oçiq, oşkora va muqobil tanlov asosida tanlaş joriy etilgan. 

Endilikda Prezidentimiz tomonidan qöyilayotgan talablar asosida sudyalarni tanlaşda jamoatçilik fikri va ular oldidagi hisobdorlik masalasi töliq öz ifodasini topadi. Bu uşbu tizimda şaffoflik ta'minlanişi va muhimi, munosib şaxslar sudya bölişiga yöl oçadi.

Tuman, şahar va viloyat sudi sudyalarini tayinlaş vazifasini sudyalar hamjamiyati töliq öz zimmasiga olişi esa tizim zimmasiga qöyilgan mas'uliyatni yanada oşiradi», deyiladi xabarda.