Suriya qurolli kuçlari mamlakat şimolidagi, Turkiya bilan çegaralardan 25 kilometr masofadagi Manbij şahriga kirişdi. Bu harakat hududda istiqomat qiluvçi kurdlarning Turkiyadan himoya qiliş böyiça murojaatiga javoban amalga oşirildi.
Harbiylar şahar markaziga Suriya Arab Respublikasi bayroğini örnatişgan.
SANA agentligi tomonidan xabar qilinişiça, hukumat armiyasi Manbijdagi «Suriya fuqarolari va boşqa aholi xavfsizligini töliq kafolatlaydi».
Suriyaliklar bayonotida «milliy suverenitetni saqlab qoliş uçun kuçlarni birlaştirişga çaqirilgan». Suriyalik harbiylar har qanday bosqinçini yöq qilişga tayyorligi qayd etilgan.
Bundan avvalroq suriyalik kurdlarning «Xalq mudofaasi kuçlari» otryadi (YPG) Turkiya bosqini xavfi ostida qolgan hududlarni Suriya armiyasi egallaşini taklif qilgan holda bayonot bergandi.
Eslatib ötamiz, Turkiya şu haftada tanklari va zirhli texnikalarini Suriya çegarasi yaqiniga keltirgandi. Anqaradagilar Frot daryosi ğarbidagi «terrorçilarni yöq qiliş uçun imkon qadar tezroq harbiy amaliyot boşlaş» niyatida ekani aytilgandi. Turkiya tomoni Suriya şimolidagi kurdlarning «Xalq mudofaasi kuçlari» otryadini ham, «Demokratik ittifoq» partiyasini ham jangarilar sifatida tasniflaydi.
Kurdlar köp yillardan buyon AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanib kelayotgandi. Ammo dekabr oyi oxiriga kelib AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriyadagi harbiylar olib çiqib ketilişini ma'lum qildi va kurdlar Turkiya qarşisida himoyasiz qoldi.














