Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining yöl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholaş tartibi va mezonlari töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
DYHXX YPX xodimlariga nisbatan bir martalik pul uşlanişi tarzidagi iqtisodiy ta'sir çorasini qöllaş mezonlari quyidagiça:

Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda xizmat ötayotgan DYHX YPX xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi. Toşkent şahri va Toşkent viloyatida xizmat ötayotgan DYHX YPX xodimlari bundan mustasno.
Bir martalik pul uşlanişining eng köp miqdori lavozim maoşining 50 foizidan oşmasligi lozim.








