Bugun, 28 dekabr kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan ilk marotaba «Milliy sport mukofoti – 2018» taqdirlash kechasi tashkil etildi.


Marosimda o‘n beshdan ortiq quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar e'tirof etildi va ularga statuetkalar topshirildi.
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi –
Bekzod Abdurahmonov (kurash, Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi –
Svetlana Radzivil (yengil atletika, Osiyo o‘yinlarining uch karra chempioni va rekordchisi)

Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi –
Ro‘za Qo‘ziyeva (pauerlifting, Paraosiyo o‘yinlari chempioni)

Yilning eng yaxshi sport jamoasi –
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi (Osiyo chempioni)


Yilning eng yaxshi murabbiyi –
Marat Qurbonov (boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)

Yil kashfiyoti –
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni)































