«Real» yarimhimoyaçisi Isko Madrid klubini tark etişi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Men ketmoqçi emasman. Men hozir «Real»da juda baxtiyorman. Men Madridda qolişni va klub bilan sovrinlar yutişni davom ettirişni istayman», — degan Isko AS naşri muxbiriga.

Bundan avvalroq Iskoning agenti «PSJ» prezidenti bilan uçraşgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ispaniya çempionatining joriy mavsumida ayni vaqtda 26 yoşda bölgan Isko 11 öyinda maydonga tuşib, bitta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.

Uning «Real» bilan amaldagi şartnomasi muddati 2022 yilga qadar tuzilgan.

Keyingi vaqtlarda u va jamoaning yangi boş murabbiyi Santyago Solari örtasida ziddiyat kelib çiqqani, futbolçi qişki transferlar vaqtida «Çelsi» yoki «Mançester Siti» safiga borib qöşilişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.