Joriy yilning dekabr oyida mamlakat iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi örtaça 2,1%ga oşdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Umumiy hisobda 2018 yil davomida iste'mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 14,3%ni taşkil etdi.

2018 yil davomida INIning örtaça oylik ösiş sur'ati 1,1%ni taşkil etib, iqtisodiyotga inflyatsion bosim sentabr oyidan boşlab kuçayib borgan. Jumladan, 2018 yilning oxirgi tört oyi davomida tovar va xizmatlarning iste'mol narxlari ösiş darajasi 7,6%ni taşkil etdi.

2018 yil dekabr oyida tovarlar narxi örtaça 2,3%, yil boşidan esa 13,8%ga qimmatlaşgan bölsa-da, uşbu guruh indeksi iste'mol sektoridagi umumiy yillik inflyatsiya darajasidan birmunça pastroq darajani taşkil etdi (14,3%).

Oy davomida tovarlar narxi sezilarli darajada qimmatlaşişi yanvar (3,0%) hamda dekabr (2,3%) oylarida qayd etilgan. 2018 yilning iyun va iyul oylarida (0,6% va 0,5%) esa aksinça, tovarlarning umumiy narxlar darajasining pasayişi, meva-sabzavot narxlarining sezilarli darajada arzonlaşganligi bilan bevosita boğliq.

2018 yil dekabr oyidagi xizmatlar tarifi narxlari tovarlar guruhi narxlari darajasiga nisbatan pastroq sur'atda kötarildi. Xizmatlar tariflari dekabr oyi davomida örtaça 1,3%ga oşdi. Umumiy hisobda 2018 yil mobaynida uşbu sohadagi tariflar narxlarining ösiş darajasi 15,8%ni taşkil etdi.

Yirik guruhlar böyiça narxlarning oylik tahlillari şuni körsatmoqdaki, 2018 yil davomida xizmatlar tarifi hamda nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari barqaror ösiş tendensiyasiga ega bölgan (uşbu guruhlarning ötgan oyga nisbatan INI doimiy ravişda 100,0%dan ortiqni taşkil etgan). Har oydagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlar özgarişi birmunça keng diapazonga ega bölgan (yanvar oyidagi maksimal ösişdan (3,5%) to iyul oyidagi maksimal pasayişgaça (-2,3%).

Yil boşidan buyon narxlar özgarişi tahliliga köra, uşbu guruh narxlari özgarişi bir-biriga nisbatan öxşaş vaziyatni körsatadi: 12 oy davomida xizmatlar 15,8%, oziq-ovqat mahsulotlari 14,9% va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 12,5%ga oşgan.