Tojikistonning Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasi diplomatlari Magnitogorskda köp qavatli uy yölagining qulaşi oqibatida jonlantiriş bölimiga yotqizilgan mamlakat fuqarosiga zarur yordam körsatmoqdalar, uning oila a'zolarini qidiriş davom etyapti. Bu haqda TASS Tojikistonning Rossiyadagi elçixonasiga asosan xabar berdi.

«Mavjud ma'lumotga köra, Tojikistonning bir fuqarosi jonlantiriş bölimida qolmoqda, uning ahvoli juda oğir. Bu şaxsning oila a'zolari qayerda ekani noma'lum, katta ehtimol bilan, ular vayronalar ostida qolgan, - deya ta'kidlab ötdi diplomatik vakolatxona vakili. - Bizning xodimlarimiz zarur yordam körsatmoqda».

«Elçixona xodimlari keçadan beri Rossiya Taşqi işlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa vazirliklar bilan aloqada bölib turibdi. Konsullik okrugiga Magnitogorsk şahri kiruvçi, bizning Yekaterinburgdagi boş konsulimiz ham tegişli organlar bilan aloqada hamda fojia yuz bergan joyda», - deya qöşimça qilib ötgan suhbatdoş.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Magnitogorsk şahrida köp qavatli uy qulaşining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga çuqur hamdardlik bildirgandi.