Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Magnitogorsk şahrida köp qavatli uy qulaşining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga çuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
31 dekabr kuni ertalab soat 4da Magnitogorskda maişiy gaz portlaşi oqibatida ön qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tuşgan. FVVning sönggi xabariga köra, portlaş natijasida sakkiz kişi halok bölgan, 33 kişining taqdiri noma'lum.
Avvalroq, Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, Magnitogorsk şahrida turar-joy binosi qulaşi natijasida qurbon bölganlar orasida 2019 yilning 1 yanvar kuni ertalab holatida Özbekiston fuqarolari yöq ekani xabar qilingandi.
TIV xabarida aytilişiça, 31 dekabr ertalab sodir bölgan Magnitogorsk fojiasi böyiça vaziyatni Boş konsulxona jiddiy nazoratga olgan.








