Donald Tramp ma'muriyati hokimiyat tepasida bölgan dastlabki ikki yil yakunlari böyiça AQŞ tarixidagi eng muvaffaqiyatli ma'muriyatga aylandi. Bu haqda Trampning özi yangi yil murojaatida ma'lum qildi, u davlat rahbari Twitter’ida joylaştirildi.
«Bunday ma'muriyat bölmagan, men bundan juda faxrlanaman, u hokimiyat tepasidagi dastlabki ikki yilda juda köp işlarni amalga oşirdi. Iqtisodiyotimiz sezilarli darajada rivojlanmoqda, köp yillar davomida birinçi marta iş haqi oşdi. Odamlar bir joyda işlab, köproq pul topmoqda», - deya ma'lum qildi Donald Tramp.
2018 has been a year of historic accomplishments! pic.twitter.com/6Iq5CFVdwY
— The White House (@WhiteHouse) January 1, 2019
Uning eslatişiça, öz ma'muriyati Meksika, Kanada va Janubiy Koreya bilan yangi şartnomalar tuzdi, şuningdek, Eron bilan «dahşatli bitimni» bekor qildi.
Tramp keyingi yutuq sifatida Şimoliy Koreya bilan muzokaralarni keltirgan, ulardan söng Pxenyan raketalar sinovini töxtatdi. «Lekin biz şoşilmayapmiz», - deya aniqlik kiritgan Tramp va Yaqin Şarqqa e'tibor qaratgan. «Biz Isroildagi elçixonani Al-Qudsga köçirdik. Men buni va'da qildim va bajardim», - deya ma'lum qildi Tramp.
Şundan söng, Tramp Meksika bilan çegarani qöriqlaş muammosini kötardi. Kongressning Meksika bilan çegarada devor qurilişini moliyalaştirişdan boş tortişi dekabr oyi oxirida «şatdaunga» - hukumat ba'zi departamentlar işining vaqtinçalik töxtaşiga olib keldi. «Bizda devor bölişi kerak», - deya ma'lum qilgan Tramp.
«Bizda buyuk ikki yil böldi, men sizlar uçun sidqidildan işlayapman, sizlar uçun kuraşyapman, biz ğalaba qozonamiz», - dedi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp AQŞ qöşinlarini Suriyadan olib çiqiş muddatini uzaytirgani haqida xabarlar tarqalgandi.








