Kanadada afsonaviy hind aktyorlaridan biri Qodir Xon 82 yoşida vafot etdi. NDTV telekanalining ma'lum qilişiça, aktyor 31 dekabrda oğir kasallikdan davolanayotgan şifoxonada vafot etgan.
Qodir Xon Bollivudning 1970-1990-yillardagi eng maşhur aktyorlaridan biri bölgan. 1937 yilda tuğilgan aktyor 300 dan köproq filmda suratga tuşgan, ssenariynavis va kinofilmlar uçun dialoglar muallifi sifatida işlagan. Aktyor ayniqsa yovuz kişilar rollarini ijro etişi bilan tanilgan. Bundan taşqari, u komedik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etgan.
Xon oilasiga Bollivudning köplab yulduzlari va hind siyosatçilari öz ta'ziyalarini bildirişgan.
Qodir Xon “Abdulla” (Abdullah, 1980), "Mening ovozimni eşiting" (Meri Awaaz Suno, 1981), “Samrat” (Samraat, 1982), “Qasos öti” (Khoon Bhari Maang, 1988) va boşqa filmlardagi rollari bilan tomoşabinlar yodida qolgan.








