Özbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi boşliği Dilşod Akramovni öldirganlikda gumonlanuvçi şaxs ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuraturadagi manba xabar berdi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi (öta şafqatsizlik bilan qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatgan.

Ma'lum bölişiça, gumonlanuvçi şaxs Toşkent şahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi katta inspektori R.Abdullayevdir. Uşbu şaxs 1985 yilda tuğilgan, içki işlar tizimida 2009 yildan beri işlab keladi.

Manbaning bildirişiça, mazkur jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov Boş prokuratura «Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş» boşqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning 4 avgustida soat 21:10 atrofida IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Dilşod Akramovning murdasi Mirobod tumani, Taras Şevçenko köçasida joylaşgan IIVga qaraşli PPX va JTSBB binosining ikkinçi qavatidagi öz xizmat xonasida qotillik alomatlari bilan topilgan. Dilşod Akramov şu yilning iyul oyi boşida boş boşqarma boşliği lavozimiga tayinlangandi.

Dilşod Akramov IIV tizimida 1996 yildan beri işlab kelayotgandi.