«Melilya» hujumçisi Muhammad Mizzian «Real» a'zosiga aylandi.

«Melilya» rasmiy saytining tasdiqlaşiça, Madrid klubi 18 yoşli futbolçini mavsum oxiriga qadar ijaraga olgan.

Ispan naşrlariga köra, «qaymoqranglilar» Mizzianni bir neça oy davomida kuzatib kelişgan. Hujumçi dekabr oyi boşida ikki klubning Ispaniya kubogi 1/16 final bosqiçidagi bahsida ham «Real» mutaxassislari e'tiborida bölgan. U öşa uçraşuvda asosiy tarkibda maydonga tuşib, tanaffus vaqtida almaştirilgan edi.

Katta ehtimol bilan Muhammad Mizzian «Kastilya» safiga qöşiladi. Ammo u jarohat olib safdan çiqqan Mariano Diasning örniga asosiy jamoaga ham jalb etilişi ham mumkin.

Mizzianga «Barselona» ham befarq qaramayotgani haqida xabarlar bor edi. Futbolçi fevralda 18 yoşini qarşi oladi.