Rossiyalik taniqli qöşiqçi va bastakor Kris Kelmi 1 yanvarda Moskva viloyatidagi dala hovlisida vafot etdi. Qöşiqçi 64 yoşda bölgan.
Ta'kidlanişiça, qöşiqçining tanasida zöravonlik alomatlari bölmagan. Şifokorlarning ma'lum qilişiça, qöşiqçining ölimiga yurak töxtaşi sabab bölgan.
Kelmi özini yomon his qilgaç, tez yordamda şifoxonaga yetkazilgan, biroq u yerda şifokorlar qöşiqçining vafot etganini qayd qilişgan.
Kris Kelmining asl ismi Anatoliy Areviç Kelmi bölib, “Visokosnoye leto” va “Rok-Atele” kabi guruhlarga asos solgan. U ijro etgan qöşiqlardan eng maşhurlari “Zamikaya krug”, “Noçnoye randevu” va “Ustaloye taksi” kabilar hisoblanadi.












