AQŞning Coca-Cola kompaniyasi Britaniyaning Costa Coffee qahvaxonalar tarmoğini sotib oldi. Xarid qiymati 4,9 mlrd dollarni taşkil qilgan. 

“Bizga Costa salohiyati va Coca-Cola’ning marketing tajribasi hamda global qamrovi birlaşişi evaziga katta imkoniyatlar oçilmoqda”, deb aytgan Coca-Cola boş direktori Jyeyms Kvinsi.

Xarid haqida 2018 yil avgustida e'lon qilingan. Kompaniya umumiy hisobda Costa’ning 4 mingtaga yaqin qahvaxonasi va qahva donlarini qovuriş va distributsiyasi bilan şuğullanuvçi korxonalarni oladi.

Coca-Cola uşbu xarid bilan issiq içimliklar bozoriga çiqmoqçi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, bitim Yevropa, Yaqin Şarq, Afrika va Osiyoning 30 dan köproq davlatida uşbu yönalişda faoliyat olib borişga imkon beradi.