Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta'minlaş va mintaqaviy muammolarni bartaraf etişdagi özaro munosabatlarida işonç darajasi oşiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilişiça, bu borada tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:
Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari böyiça qaraşlarini yaqinlaştiriş, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlikni şakllantirişga qaratilgan Özbekiston taşqi siyosatini faollaştiriş;
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantiriş böyiça maxsus vakili lavozimini ta'sis etiş nazarda tutiladi.
Bajariş muddati - 2019 yil 20 iyul, ijro uçun mas'ullar - TIV, DXX, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.













