«Real» klubi darvozabon Keylor Navas bilan 2021 yilgaça möljallangan yangi şartnomani imzolaydi.

El Chiringuito xabariga köra, klub kostarikalik posbonni tarkibda saqlab qoladi. Yangi mehnat bitimiga köra, Navas yiliga 5 million yevro maoş oladigan böladi.

Avvalroq, juda kam öyin amaliyotiga ega bölayotgan Navas klubni tark etmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yozda Tibo Kurtua xarid qilingaç, kostarikalik posbon asosiy tarkibdagi örnidan ajraldi.