Rossiyaning Novoçerkassk şahrida 1-qavatida Sberbank şoxobçasi va bouling-klubi bor bölgan köngiloçar markaz joylaşgan 4 qavatli binoning bir qismi qulab tuşdi.

DonDay naşri ma'lumotlariga köra, voqea soat 18:30 atrofida yuz bergan. Ta'kidlanişiça, binoning hozirda işlamaydigan Sberbank filiali ustidagi qismi qulab tuşgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, falokat bank ofisida bino rejasi özgartirilgani sababli yuz bergan bölişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, bouling-klubda bino qulaşi vaqtida odamlar bölgan. Ular beşikast taşqariga çiqişga muvaffaq bölişgan.
Qutqaruvçilarning dastlabki ma'lumotlariga köra, voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Hozirça binoning qulagan qismida odamlar bölgan-bölmagani noma'lumligiça qolmoqda, biroq guvohlarning aytişiça, xonalarda çiroq yoqiq bölgan.

Eslatib ötamiz, 31 dekabr kuni tonggi soat 4da Rossiyaning yana bir şahri – Magnitogorskda maişiy gaz portlaşi oqibatida ön qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tuşgandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, fojia 39 kişining hayotiga zomin böldi.













