2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimi joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali OTMni o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, ularga moliyaviy masalalarda mustaqillik berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimini joriy etish orqali ularni o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish;
oliy ta'lim muassasalarini moliyaviy tartibga soluvchi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish orqali oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta'minlash;
abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 mart, ijro uchun mas'ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat test markazi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar.
Tavsiya etamiz
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi
Jamiyat | 17:17 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi
Fan-texnika | 00:09
-
Luvr direktori muzeyning avariyaviy holatda ekanidan shikoyat qildi
Jahon | 00:00
-
Avstriyada milliarder Rene Benko hibsga olindi
Jahon | 23:05 / 23.01.2025
Mavzuga oid
18:30 / 20.11.2020
Senator: «Davlat dasturining qonun ustuvorligi va sud-huquq yo‘nalishida 10 tadan 4 ta band bajarilgan»
21:36 / 07.10.2020
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi
22:54 / 19.08.2020
Masofaviy ta'limga o‘tish kontrakt kamayishiga sabab bo‘lmasligi tushuntirildi
20:40 / 02.03.2020