Özbekistonda davlat maktabgaça ta'lim muassasalari tomonidan qöşimça pulli xizmatlar körsatiş joriy etiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Ta'kidlanişiça, tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:
davlat maktabgaça ta'lim muassasalari tomonidan dam oliş kunlari va iş kuni yakunlangandan keyin bolani parvarişlaş, unga qarab turiş va öqitiş;
belgilangan dasturdan taşqari sport-soğlomlaştiriş (karate, taekvondo, suziş, şaxmat, şaşka, gimnastika, massaj va boşqalar) tögaraklari, badiiy-estetik, fan tögaraklari taşkil etib, qöşimça xizmatlar körsatiş nazarda tutiladi.
Bajariş muddati - 2019 yil 1 mart, ijro uçun mas'ullar - Maktabgaça ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi.












