Bugun, 5 yanvar kuni Birlaşgan Arab Amirliklarida qit'aning eng nufuzli musobaqasi Osiyo Kubogi start oladi.

Musobaqani A guruhi iştirokçilari BAA va Bahrayn terma jamoalari öyini oçib beradi. Öyin soat 21:00da boşlanadi.

17-marta ötkazilayotgan Osiyo Kubogida tarixda ilk marotaba 24ta terma jamoa iştirok etadi. Ular 6ta guruhga ajratilgan bölib, 1 va 2-örinni egallagan, şuningdek 3-örinni egallagan eng yaxşi 4ta terma jamoa 1/8 finalga yöl oladi.

Guruhlar quyidagiça şakllangan:
A guruhi: BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn
B guruhi: Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya
C guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Qirğiziston, Filippin 
D guruhi: Eron, Iroq, Vetnam, Yaman
E guruhi: Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR 
F guruhi: Yaponiya, Özbekiston, Ummon, Turkmaniston    

Özbekiston terma jamoasi turnirdagi iştirokini 9 yanvar kuni boşlaydi.

Özbekiston terma jamoasi öyinlarining taqvimi:
9 yanvar, Şarja, soat 18:30, Özbekiston – Ummon  
13 yanvar, Dubay, soat 21:00, Turkmaniston – Özbekiston   
17 yanvar, Al-Ayn, 18:30, Yaponiya – Özbekiston 

Osiyo Kubogi öyinlari Abu Dabi, Dubay, Al-Ayn va Şarja şaharlarida ötkaziladi.